01:44 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
V Fergane proshel konkurs po prыjkam iz parashyuta

Fargʻonada parashyutdan sakrash musobaqasi boʻlib oʻtdi

Ministerstvo oboronы RUz
Yangiliklar
Havola olish
98 0 0

Uch kun davom etgan musobaqada aniqlikka parashyut bilan sakrash yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin kichik serjant Muzaffar Qahhorovga nasib etgan boʻlsa, 2-oʻrinni Mixail Lenchenko, 3-oʻrinni katta serjant Altinboy Klыshov egalladi

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Fargʻonada Sharqiy harbiy okrug dala oʻquv maydonida parashyutdan sakrash musobaqasi boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar 3 ming metr balandikdan sakrashdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Sakrashlar Mi-8 harbiy vertolyotidan salkam 3 ming metr balandlikdan amalga oshirildi.

Prыjki s parashyuta v Fergane
Ministerstvo oboronы RUz
Prыjki s parashyuta v Fergane

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda ham boʻlib, havo desantchilari tayyorgarligini oshirib borish uchun aerodinamik trenajyorlar oʻrnatish, "Vatanparvar" tashkilotlari qoshida parashyutchilar toʻgaraklari ochish boʻyicha muhim topshiriqlar bergan edi.

Prыjki s parashyuta v Fergane
Ministerstvo oboronы RUz
Prыjki s parashyuta v Fergane

"Ushbu musobaqadan umidimiz katta. Asosiy maqsadimiz Qurolli Kuchlarimizda parashyut sportini ommalashtirish, professional parashyutchilarni yetishtirish va eng asosiysi, yoshlarimiz orasida havo-desant boʻlinmalarida xizmat qilishga boʻlgan ishtiyoqni oshirishdan iborat", — deydi harbiy okrug havo-desant xizmati boshligʻi podpolkovnik Mardonbek Eshanov.

Uch kun davom etgan musobaqada aniqlikka parashyut bilan sakrash yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin kichik serjant Muzaffar Qahhorovga nasib etgan boʻlsa, 2-oʻrinni Mixail Lenchenko, 3-oʻrinni katta serjant Altinboy Klыshov egalladi.

Prыjki s parashyuta v Fergane
Ministerstvo oboronы RUz
Prыjki s parashyuta v Fergane

Jamoaviy tarkibda parashyut bilan aniqlikka sakrash yoʻnalishida 1-oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi parashyut sporti federatsiyasi "Aerosport" jamoasiga, 2-oʻrin Toshkent harbiy okrugi "Lochin" jamoasiga, 3-oʻrin esa Mudofaa vazirligi markaziy apparatining "Mergan" jamoasiga nasib etdi.

Musobaqada jamoalarni tayyorlash boʻyicha eng yaxshi murabbiy nomiga Oʻzbekiston Respublikasi parashyut sporti federatsiyasi mutaxassisi Aleksey Borщuk sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi desantchilari joriy yilning iyun oyida Tuyaboʻgʻiz suv omborida parashyutdan suvga sakrash amaliyotini bajargan edi.

Asosiy mavzular