Oliy dargohlarni poraxo‘r domlalardan tozalash ishlari boshlab yuborildi

Obuna bo‘lish
Holat shu darajaga borib yetganki, ta’lim dargohlaridagi poraxo‘r ustozlar endilikda o‘z o‘quvchilariga "o‘rnak" bo‘lib xizmat qilmoqda

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston 24" telekanali poraxo‘rlik bilan shug‘ullanib kelgan qator ta’lim sohasi vakillari qo‘lga olinganligi haqida ko‘rsatuv namoyish etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda poraxo‘r o‘qituvchilarga "ov" boshlandi
Dasturda maktablar va kollejlardagi poraxo‘rlik holatlari haqida gapirib o‘tilgach, oliy ta’lim dargohlarida o‘qishga kiritib qo‘yish va’dasini bergan firibgarlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro To‘laganova va Toshpo‘latovalar Toshkent pediatriya instituti rektori yordamchisi lavozimida ishlovchi Umid ismli tanishi orqali mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yamiz deb, Mirzaabdullayevadan naqd 15 ming AQSh dollarini sanab olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda pedagoglarni yetishtirib beruvchi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida ham xuddi shunday holat ro‘y bergan.

Ushbu oliygohning laboranti Boboyev Nurullayevni mazkur universitetning jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga olib kirishni va’da qilib, undan 8 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Xuddi shu universitetning yana bir xodimi — dotsent Axmadaliyev ham fuqaro Salimovadan xohlagan fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollari so‘ragan va pulning teng yarmini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mamlakatdagi ta’lim dargohlaridagi poraxo‘rlik holatlari haqida bundan oldin ham ko‘p marotaba yoritilgan, ammo shu kechayu-kunduzdagi kabi tezkor reydlar yoppasiga va bu qadar ochiq oshkor etilmagan edi.

Omonulla Madayev - Sputnik O‘zbekiston
Domla Omonulla Madayev: "Poraxo‘r o‘qituvchi va shifokorlarni aslo kechirmayman!"

Ushbu reydlarni O‘zbekistondagi ta’lim tizimini "oyoqqa qo‘yish" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning hali boshlanishi, deb qabul qilsa bo‘ladi.

Oliy ta’lim vazirligi mutasaddilaridan iltimosimiz, shu kunlarda oliygohlar qoshida tashkil qilingan qabul komissiyalarida navbatda turgan abituriyentlardan "hujjatni qabul qilish jarayonini tezlashtirish" evaziga "30" yoki "50" ming so‘m olish bilan shug‘ullanayotgan "nopok xodimlar" masalasiga ham e’tibor qaratsangiz. Zero, abituriyent, o‘zi uchun muqaddas sanalgan dargohda ilk  taassurotni qanday qilib "pora" berganligidan boshlamasligi lozim.  

Yangiliklar lentasi
0