02:13 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Achilbay Ramatov

Ochilboy Ramatov "Nukus" xalqaro aeroportining yangi terminalini ochdi

Yangiliklar
Havola olish
374 0 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida soatiga 400 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniga ega yangi yoʻlovchi terminali ishga tushirildi

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov Nukusdagi yangi xalqaro aeroport terminalining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

V mejdunarodnom aeroportu Nukus vveden v ekspluatatsiyu novыy passajirskiy terminal
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
V mejdunarodnom aeroportu "Nukus" vveden v ekspluatatsiyu novыy passajirskiy terminal

Ramatov oʻz nutqi avvalida barchani hukumat nomidan ushbu terminal ochilishi bilan tabrikladi va keyingi vaqtlarda Oʻzbekiston prezidenti tomonidan havo yoʻllari, umuman fuqaro aviatsiyasiga eʼtibor kundan-kunga oshib borayotganini taʼkidladi.

"Toshkentda yaqinda eng zamonaviy terminallardan bittasi ochildi. Bundan tashqari koʻp joylarda aeroportlar qurish masalasi ham muhokama etilayapti. Hozirgi kunda Toshkent shahrida Sharqiy yangi aeroporti bunyod etilayapti. Ikki yil ichida bu masala hal boʻladi va Oʻzbekistonda yana bir nechta aviakompaniyalar ochiladi", — deb aytdi siyosatchi.

Faqatgina "Oʻzbekiston havo yoʻllari" emas, bir nechta aviakompaniyalar ochilishi kutilyapti, oʻsha kompaniyalar samolyotlari Nukus qalʼasiga mana shu yangi qurilgan terminal orqali xizmat koʻrsatadi, dedi Ramatov.

Iyul oyining birinchi sanasida ochilishi rejalashtirilgan terminalning tantanali ochilish marosimi bugun, 11 iyul kuni boʻlib oʻtdi.

Otkrыtiye novogo passajirskogo terminala v mejdunarodnom aeroportu Nukus
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Otkrыtiye novogo passajirskogo terminala v mejdunarodnom aeroportu "Nukus"

Yangi yoʻlovchi terminali soatiga 400 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniga ega.

V mejdunarodnom aeroportu Nukus vveden v ekspluatatsiyu novыy passajirskiy terminal
Sputnik
V mejdunarodnom aeroportu "Nukus" vveden v ekspluatatsiyu novыy passajirskiy terminal

Terminal yoʻlovchilar va ularning yuklariga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat koʻrsatish imkonini beradigan eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan.

Shuningdek, parvozoldi nazorati va yuk olish maydonlari kengaytirilgan hamda roʻyxatdan oʻtish ustunlari soni koʻpaytirilgan. Terminalda "vip-zona"dan tashqari (bu masala hal etilishi rejalashtirilgan) mahalliy va xalqaro aviayoʻnalishlar uchun yoʻlovchilar zali, ona-bola xonalari, tibbiyot punkti, valyuta ayriboshlash shohobchalari, suvenir doʻkonlari, kafe-bar va boshqa qulayliklar yoʻlovchilar xizmatida.

Yangi terminalning dizaynini ishlab chiqishda hududning iqlim sharoiti ham hisobga olingan. Unda texnologiya, xavfizlik va qulaylik oʻrtasida muvozanatga erishilgan, deb taʼkidlashmoqda aeroport xodimlari.

Asosiy mavzular