16:43 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Mashina skoroy pomoщi

Sogʻliqni saqlash vazirligi kaltaklangan shifokor voqeasiga munosabat bildirdi

Sputnik / Stringer
Yangiliklar
Havola olish
59110

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi soʻzlariga koʻra, soʻnggi vaqtlarda shifokorlarga nisbatan asossiz eʼtirozlar koʻpayib ketgan

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi shifokorlar haq-huquqlarini himoya qilishni kuchaytirmoqchi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Eslatib oʻtamiz, 3 avgust kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlogʻida istiqomat qiluvchi, 1949 yilda tugʻilgan Mirzajalil Hakimovning bexush yotganligi toʻgʻrisida qarindoshlari tomonidan tuman markaziy tez tibbiy yordamiga murojaat kelib tushgan.

Chaqiruv markaziy tez tibbiy yordami boʻlimi orqali qabul qilinib, soat 16:31da 89-qishloq oilaviy poliklinikasiga uzatilgan. Tez tibbiy yordami xodimlari, yaʼni shoxobchaning navbatchi vrachi Shuhratbek Sirojiddinov va hamshira Umidaxon Husanovalar shu zahoti, soat 16:32da chaqiruvga chiqib ketishgan. Xonadonga tez tibbiy yordami brigadasi soat 16:36, yaʼni 4 daqiqa ichida (Oʻzbekiston Respublikasi SSVning 2018 yil 19 fevraldagi 105-sonli buyrugʻida tez tibbiy yordami brigadasi chaqiruvga 25 daqiqa ichida yetib borishi belgilangan) yetib borishgan.

Navbatchi vrach tez tibbiy yordami mashinasidan tushib bemorni koʻrish uchun shoshib kirib ketayotgan paytida bemorning nabirasi shifokorni haqorat qilib, besabab doʻpposlagan. Vrach SSirojiddinov bosh va qulogʻi aralash bexosdan tushgan kuchli zarbadan ogʻir miya jarohati olishi hisobiga hushidan ketib yiqilgan. Shunday vaziyatda ham oʻz xizmat vazifasini unutmagan hamshira Husanova bemorni kirib koʻrganda bemor allaqachon vafot etganligi, hatto bemorning qarindoshlariga xabar berilib ular yetib kelishganining shohidi boʻlgan.

Vrach Sirojiddinov ham birozdan soʻng hushiga kelgach, oʻrnidan turib bemorni koʻrgani kirganida 70 yoshga kirgan Mirzojalil Hakimovning bir necha daqiqa avval vafot etganligi, murda allaqachon sovib boʻlganligi va hatto qarindoshlari murdaning iyagini xam bogʻlab qoʻyganligini koʻrgan. Vrach Shuhratbek Sirojiddinov oʻrnidan turayotganda olgan ogʻir jarohati hisobiga yana hushidan ketib yiqiladi va tez tibbiy yordami mashinasida Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordami boʻlimiga “Ogʻir kalla miya jarohati, bosh miya chayqalishi, chap quloq suprasi atrofi yumshoq toʻqimalarining lat yeyishi, chap quloq pardasining yirtilishi” tashxisi bilan ogʻir ahvolda yotqiziladi. 

Sogʻliqni saqlash vazirligi yuqoridagi holat yuzasidan qonuniy chora koʻrish uchun Fargʻona viloyat huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan.

Shu oʻrinda qayd etish lozimki, bunday holatlar oxirgi paytlarda tez-tez uchrayotgani tajribali shifokorlarning birlamchi tizimdan ketib qolishlariga sabab boʻlmoqda.

Xususan, Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning soʻzlariga koʻra, 2017 yil va joriy yilning birinchi choragida bemorlar tomonidan shifokorlarning davolash natijalaridan asossiz norozilik bildirib, ularga nisbatan shaxsiy adovati oqibatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 30ga yaqin holatda TPMI ning 3 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan jismonan va maʼnaviy zarar yetkazilgan.

Shundan soʻng mazkur holatlar boʻyicha qoʻmita Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli takliflarni kiritgan.

Ayni vaqtda, vazirlik xabariga koʻra, har bir tibbiyot xodimining haq-huquqlarini himoya qilish, munosib ragʻbatlantirishni kuchaytirish borasida huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Asosiy mavzular