"Umurtqasi yo‘qmi?": internetda Tereza Meyning yangi reveransi kulgiga sabab bo‘ldi

© REUTERS / PASCAL ROSSIGNOLPrins Uilyam i Tereza Mey
Prins Uilyam i Tereza Mey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu safar Meyning tantanali tadbir vaqtida shahzoda Uilyamni antiqa tarzda qarshi olgani internet foydalanuvchilarining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Internet tarmoqlarida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning reveranslari qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bu safar Mey Birinchi jahon urushi vaqtida Amyen ostidagi jangda qozonilgan g‘alabaning 100-yilligi tantanasida shahzoda Uilyamni antiqa tarzda qarshi olgani uchun kulgiga olindi.

Twitter foydalanuvchisi Mutaz Elnour Hukumat rahbarining akrobatik xususiyatlariga tan bergan holda, o‘zining 41 yoshida bu kabi mashqlarga yuragi dov bermagan bo‘lishini ta’kidlagan.

© AFP 2023 / PHILIPPE HUGUENPrins Uilyam i Tereza Mey
Umurtqasi yo‘qmi?: internetda Tereza Meyning yangi reveransi kulgiga sabab bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Prins Uilyam i Tereza Mey

I'm Alright Jack — It's Every Man For Himself nikli foydalanuvchi esa, tez orada Tereza Mey qirol oilasi vakillari oldida ta’zim bajo keltirib, ularga sajda qilishga o‘tishini taxmin qilgan.

Yangiliklar lentasi
0