05:25 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Podpis dokumentov

Oʻzbekistonning 5ta shahrida davlat boshqaruvi akademiyasining filiallari tashkil etildi

Sputnik / Mixail Palinchak
Yangiliklar
Havola olish
372 0 0

Hududiy filiallarga maqomi va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasining fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qiladi

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. 2018 yil 6 avgustda imzolangan prezident qaroriga muvofiq, Oʻzbekistonning beshta shahrida Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi.

Adliya vazirligining xabariga koʻra, Guliston, Qarshi, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida tashkil qilingan hududiy filiallarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasi oshiriladi.

Hududiy filiallarga maqomi va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasining fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qiladi.

Asosiy mavzular