12:29 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Odin iz shiroko rasprostranennыx sposobov samoubiystva – prыjok s vыsotы

Shaxs oʻz joniga qasd qilsa, u yashaydigan hududdagi psixiatriya ambulatoriyasiga xabar beriladi

© Foto: Prokazan.ru
Yangiliklar
Havola olish
187 0 0

Shuningdek, hisobotlar Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtirilib, har chorakda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Psixiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Nizomga muvofiq Ichki ishlar organlari har bir oʻz joniga qasd qilish holati yuzasidan oʻsha shaxs yashaydigan manzildagi ambulator psixiatriya muassasasini zudlik bilan xabardor etadi.

Bordi-yu, mazkur holat sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari tomonidan aniqlangan taqdirda, ular bu haqda oʻzi joylashgan manzildagi ichki ishlar organlariga tezkor maʼlum qilishlari kerak.

Shaxsda oʻtkir psixoz yoki ruhiy kasalliklar xuruji sababli oʻz joniga suiqasd qilingani aniqlanganda, unga shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatilgach, yashash manzili boʻyicha psixiatriya statsionarlariga oʻrnatilgan tartibda joylashtiriladi.

Shuningdek, oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari hamda ambulator psixiatriya muassasalari tomonidan hisobot tayyorlanib, tegishli tartibda hududiy bosh suitsidologlar yoki bosh psixiatrlarga taqdim etiladi.

Hisobotlar Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtirilib, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.

Asosiy mavzular