06:32 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Parad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voynы

Xitoy 138 mamlakat vakillarini Butunjahon yozgi harbiy oʻyinlarga taklif qildi

© Sputnik / Anton Denisov
Yangiliklar
Havola olish
252 0 0

Qatnashishni istagan mamlakatlar 2018 yil 18 oktyabrga qadar ishtirok etish istagi bayon etilgan elektron arizani yuborishlari kerak boʻladi

TOSHKENT, 10 avg – Sputnik. Xitoy 138 mamlakatga VII Butunjahon yozgi harbiy oʻyinlarda ishtirok etishga taklifnoma yoʻlladi. Tadbir 2019 yilning kuzida Uxan shahrida oʻtkazilishi kutilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Taʼkidlanishicha, taklifnomaga tadbirning batafsil reglamenti ilova qilingan. Shuningdek, tadbir oʻtkaziladigan Uxan shahri haqida asosiy maʼlumot berilgan va musobaqa oʻtkaziladigan joy, sharoitlar, roʻyxatdan oʻtish namunasi va boshqa foydali maʼlumotlar keltirilgan.

Barcha ilovalar bilan birgalikda taklifnoma ogʻirligi 1,3 kilogrammni tashkil etadi, barcha maʼlumotlar xitoy va ingliz tillarida berilgan.

"Qatnashishni istagan mamlakatlar 2018 yil 18 oktyabrga qadar ishtirok etish istagi bayon etilgan elektron arizani yuborishlari kerak boʻladi. 2019 yil 18 yanvardan keyin oʻyinarning rasmiy saytida natijalar jarayoni oʻtkaziladi va ariza topshirgan ishtirokchilar eʼlon qilinadi", - deya izoh berilgan hujjatda.

Ishtirokchi davlatlarning yakuni roʻyxati esa 2019 yil 18 iyulida eʼlon qilinadi. Keyingi yil 1 mart sanasiga qadar har bir davlat Uxanga ahvolni oʻrganish va joydagi shart-sharoitlar bilan tanishish uchun maxsus ishchi guruhini yuborishi mumkin, deb qoʻshimcha qilgan Xitoy Mudofaa vazirligi.

Yettinchi yozgi harbiy oʻyinlar Xitoyning Xubey provintsiyasidagi Uxan shahrida 2019 yilning 18-27 oktyabr sanalari oraligʻida oʻtkaziladi. Sal oldinroq tashkilotchilar, ishtirokchi-davlatlar soni 120dan oshishi mumkin emasligini kutgan edi.

Oʻyinlar 1948 yil fevral oyida tashkil etilgan Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) shafeligi ostida oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular