22:31 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Vыstavka Bal Robotov

Oʻzbekistonda robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Yangiliklar
Havola olish
265820

Robot-politsiyachilardan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini jiddiy xavf-xatardan ogohlantirish vositasi sifatida foydalaniladi

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. 2019-2020 yillarda butun Markaziy Osiyo mintaqasida Rossiyada ishlab chiqarilgan robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti nashriga Rossiyaning Promobot kompaniyasi rahbari Oleg Kivokurtsev xabar bergan.

Taʼkidlanishicha, 2018 yilning iyul oyida robot-politsiyachi Qozogʻiston Ichki ishlar departamentida xizmat qilishni boshlagan.

Kivokurtsevga koʻra, endi Oʻzbekistonda ham shunday amaliyot yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.

"Biz ushbu loyihani boshqa mamlakatlarga ham keng targʻib qilishni rejalashtirmoqdamiz. Oʻzbekiston, Yaqin Sharq mamlakatlaridan soʻrovlar kelib tushgan, shu bois robot-politsiyachilar Osiyoda paydo boʻlishi mumkin. Janubiy Koreya ham bu loyihaga qiziqish bildirgan", - deb aytgan Promobot rahbari agentlikka bergan intervyusida.

Kivokurtsevning soʻzlariga koʻra, robotning asosiy ishi xavf aniqlanganda bu haqda huquqni muhofaza qilish xodimlarini ogohlantirishdan iborat boʻladi.

Taʼkidlanishicha, robot 24 soat davomida hududni patrul qiladi, videosʼyemka ishlarini olib boradi, politsiya hisobida turgan jinoyatchilar bazasi asosida shaxslar "yuzlarini tanish" ishlari bilan shugʻullanadi.

U, shuningdek, "terrorizm", "bomba" va boshqa shu singari kalit soʻzlarga reaktsiya bildiradi va bu haqda ham idoraga ogohlantirish yoʻllaydi.

Shuningdek, robotda barmoq izlarini hisoblash funktsiyasi ham mavjud. Shubhali shaxslar aniqlangan taqdirda, robot-politsiyachi joyning oʻzida shaxsni tekshirish ishlari bilan shugʻullanishi mumkinligi aytilmoqda.

Asosiy mavzular