22:01 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Shevrole Treker

Jizzaxda Chevrolet Tracker namoyish etildi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Yangiliklar
Havola olish
Jizzaxdagi Xalqaro investitsion forum (8)
7718211

Jizzax viloyatida boʻlib oʻtayotgan Xalqaro investitsion forum doirasida tovar ishlab chiqaruvchilar milliy koʻrgazmasida ilk marotaba Chevrolet Tracker namoyish etildi. Ushbu hashamatli avtomobil darhol oʻz muxlislarini topdi

TOSHKENT, 30 avg - Sputnik. Jizzaxda Xalqaro investitsion forum doirasida Oʻzbekiston avtomobil sanoatining yangi mahsuloti - Chevrolet Tracker namoyish etildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Joriy yilning sentyabr oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan Tracker 4 qatorli benzinli dvigatelga ega.

Avtomobil Chevrolet Tracker
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Avtomobil Chevrolet Tracker

Avtomobil kuzovi uzunligi - 4255, kengligi - 1775, balandligi - 1650, gʻildirak bazasi - 2555 millimetrni tashkil etadi. Ishlash hajmi - 1796 sm3.

Chevrolet Trackerning maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi. 

Yoqilgʻi sarfi: aralash - 100 kilometrga 7,1 litr. Yoqilgʻi baki hajmi - 53 litr.

Avtomobil Chevrolet Tracker
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Avtomobil Chevrolet Tracker

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 29-30 avgust kunlari Jizzaxda Xalqaro investitsion forum boʻlib oʻtmoqda. Viloyat tarixida ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu tadbirdan maqsad Jizzaxning investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy koʻrgazmasini tashkil etishga qaratilgan.

Jizzax investitsion forumida Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Latviya, XXR, Rossiya, Turkiya, Singapur, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya singari 28 mamlakatdan 300ga yaqin ishtirokchilar qatnashdilar.

Ushbu tadbirda xorijiy OAVlar vakillari, shu jumladan Sputnik muxbiri ham ishtirok etdi. 

Avtomobil Chevrolet Tracker
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Avtomobil Chevrolet Tracker

Mavzu:
Jizzaxdagi Xalqaro investitsion forum (8)

Asosiy mavzular