12:33 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Sbor xlopka

AQSH oʻzbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar roʻyxatidan oʻchirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Yangiliklar
Havola olish
288 0 0

Hisobotda koʻrsatilishicha, Oʻzbekiston hukumati paxta yigʻim-terimi davrida bolalar mehnatidan foydalanishni sezilarli ravishda qisqartirgani natijasida, Oʻzbekiston birinchi marta moʻʼtadil oʻsishga erishgan mamlakatlar qatoridan oʻrin olgan

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. AQSH oʻzbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar roʻyxatidan oʻchirdi, deb xabar berdi Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi matbuot-xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, 2018 yil 20 sentyabr kuni AQSH Mehnat vazirligi bolalar mehnatidan foydalanishning eng yomon shakli boʻyicha xulosalar jamlangan 17-yillik hisobotini eʼlon qildi.

Ushbu hisobotda bolalar mehnatidan foydalanishning eng yomon shakllarini bartaraf etish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni kuchaytirish maqsadida hukumatlar olib borayotgan ishlar baholangan. Unda dunyodagi turli mamlakatlar bu sohada muhim, moʻʼtadil, minimal oʻsishga erishgan va yo umuman oʻsish kuzatilmagan, deya baholangan.

Hisobotda koʻrsatilishicha, Oʻzbekiston hukumati paxta yigʻim-terimi davrida bolalar mehnatidan foydalanishni sezilarli ravishda qisqartirgani natijasida, Oʻzbekiston birinchi marta moʻʼtadil oʻsishga erishgan mamlakatlar qatoridan oʻrin olgan.

AQSH Mehnat departamenti bir vaqtning oʻzida yana bir qoʻshimcha hisobot – “Bolalar mehnati yoxud majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tovarlar roʻyxati”ni – eʼlon qildi. Bu roʻyxatda dunyodagi 76 mamlakatda ishlab chiqarilgan 148 ta mahsulot oʻrin olgan. Bu yil Oʻzbekiston paxtasi ushbu roʻyxatdan oʻchirilgan.

"Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonni bunday muhim yutuq uchun olqishlaydi. AQSH Oʻzbekiston hukumatini mustaqil kuzatuvchilarga avvaldan eʼlon qilmasdan joylarga borib paxta mavsumida yaratilgan mehnat sharoitlarini monitoring qilishlarini cheklamaslikka hamda kuzatuvchilarga tahdid oʻtkazuvchi va yo ushlab turuvchi, qolaversa, bolalardan maktabga paxta olib kelishni talab etuvchi rasmiylarni jazolashga chaqiradi", - deb taʼkidlangan xabarda.

Asosiy mavzular