01:42 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Passajirы spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta

Oʻzbekiston prezidenti Frantsiya fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yangiliklar
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)
321 0 0

Oʻzbekiston prezidentining 4 oktyabrdagi farmoniga muvofiq Frantsiya fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga vizasiz rejim kuchga kirdi

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti imzolagan Farmonga muvofiq 5 oktyabr sanasidan Frantsiya fuqarolari uchun vizasiz tartib kuchga kirdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Turizm Davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidentining 4 oktyabrdagi farmoniga muvofiq Frantsiya fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga vizasiz rejim kuchga kirgan.

Ushbu qaror Oʻzbekiston va Frantsiya oʻrtasida oʻzaro madaniy, ilmiy va taʼlim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Bu esa oʻz oʻrnida mamlakat investitsion muhiti hamda turistik salohiyati rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, deya taʼkidlanadi xabarda.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yil fevral oyida Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 10 fevral sanasidan Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya davlatlari fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilgan. Shuningdek, 39 davlat vakillariga, shu jumladan frantsuzlarga ham turistik vizalarni soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirishga ruxsat berilgan edi.

Oʻzbekiston va MDH davlatlari hamda Gruziya oʻrtasida ham vizasiz tartib oʻrnatilgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 oktyabr kunlari Emmanuel Makron taklifi bilan rasmiy tashrif bilan Frantsiyada boʻladi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)

Asosiy mavzular