O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi surati

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProyekt AES v Uzbekistane
Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi qaror mamlakat aholisini barqaror narxlardagi elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda aholi farovonligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Toshkent shahrida Rosatom davlat korporatsiyasi va Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik (AEXA) vakillari hamkorligida O‘zbekiston mutaxassislari uchun qo‘shma seminar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovim  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ma’qulladi

Tadbirda O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan birinchi AESning interaktiv loyihasi namoyish qilindi.

Respublikada birinchi atom elektr stansiyasini qurish qarori aholi farovonligini oshirish yo‘lida, hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Xususan, AES qurilishi kelajakda O‘zbekiston aholisini barqaror narxdagi elektr energiyasi bilan ta’minlashga omil bo‘ladi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samaradorlik va xavfsizlikka zamonaviy yondashuvlarni hisobga olgan holda, AES ishi aholining turmush darajasi, iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, mamlakatning ilmiy, texnik va kadrlar salohiyatini o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shadi.

Ushbu rejalarni amalga oshirish maqsadida, 2018-yilning 7-sentabr kuni Moskvada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Rossiya loyihasi bo‘yicha AES qurishda hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi.

O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasi yaqinidagi To‘dako‘l suvombori yaqinida quriladi. 

Yangiliklar lentasi
0