03:31 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04

Pokiston generali Sarfraz Ali Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Ministerstvo oboronы RUz
Yangiliklar
Havola olish
202 0 0

Ikki mamlakat harbiy bilim yurtlari kelgusidagi hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsadli rejalarni belgilab oldi

TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Pokiston delegatsiyasi Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida boʻldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

"Pokiston Islom Respublikasi Quruqlikdagi qoʻshinlari kolleji komendanti general-mayor Sarfraz Ali boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi", - deyiladi xabarda.

Delegatsiya akademiyaning infratuzilmasi, oʻquv-moddiy bazasi bilan tanishdi. Taʼlim dargohining professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan birgalikda oʻtkazilgan seminar-trening mashgʻulotlarida har ikki tomon vakillarining maʼruzalari tinglandi.

Ikki mamlakat harbiy bilim yurtlari kelgusidagi hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsadli rejalarni belgilab oldi.

Uchrashuv davomida delegatsiya aʼzolari Qurolli Kuchlar davlat muzeyida ham boʻlib, Щzbekiston milliy armiyasi tarixi va buguniga oid maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Asosiy mavzular