21:45 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Yangiliklar
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
22410

Ikki davlat OTMlari rektorlari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilishadi

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari tashabbusi bilan Toshkent shahrida shu yilning 18-19 oktyabr kunlari birinchi marotaba "Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi" oʻtkaziladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston OTV matbuot xizmati.

Forumda ikki davlat prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Taʼlim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

Ikki davlat OTMlari rektorlari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilishadi.

“Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi” yakunlari boʻyicha: Oʻzbekistonda Rossiyaning nufuzli OTMlari filiallarini tashkil etish; akademik tayyorgarlik boʻyicha hamkorlikni kengaytirish; birgalikda ilmiy va innovatsion forumlarni oʻtkazish; ilmiy-tadqiqot boʻyicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish; oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida axborot almashinuvini oʻrnatish va hamkorlikni yanada rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular