21:39 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Yangiliklar
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
33310

Ilk kuzatuvlarni olimlar 2023-2028 yillarda amalga oshirishni rejalashtirishmoqda

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida "Suffa" xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish boʻyicha "Yoʻl xaritasi" imzolanishi koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, radioobservatoriya qurilishi uchun qulay maydonni qidirish ishlari 5 yil davomida amalga oshirilgan. Qurilishi rejalashtirilgan observatoriyaga birinchi tamal toshini qoʻyilishi marosimi 1981 yilning may oyida boʻlib oʻtgan.

1981 yildan 1991 yilgacha maydonda astroiqlim kuzatuvini amalga oshirgan meteostantsiya faoliyat yuritgan.

SSSR tarqalgach, observatoriya Oʻzbekistonga oʻtgan. 1990-yillar boshidan 2005 yilga qadar observatoriya qurilishi mablagʻ yoʻqligi tufayli muzlatib qoʻyilgan.

2018 yil iyun oyida Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev jurnalistlarga davlat rahbarlari darajasida qabul qilingan qarorga koʻra, "Suffa" radioteleskopi xalqaro observatoriya doirasida qurib bitkazilishini maʼlum qilgan edi.

2018 yilning 4 oktyabr sanasida Gennadiy Shanin OAVlarga bergan intervyusida observatoriyaning qurilish ishlari 4 milliard dollarga baholanishini maʼlum qilgan. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ikki yilga moʻljallangan yoʻl xaritasi ishlab chiqilgan.

Yoʻl xaritasi Rossiya FA prezidenti Aleksandr Sergeyev va Oʻzbekiston FA prezidenti Behzod Yoʻldoshev oʻrtasida 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda, ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi davomida imzolanishi rejalashtirilgan.

Hujjatga koʻra, ikki yil davomida "Suffa" xalqaro observatoriyasini xalqaro huquq subʼyekti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish, texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va konservatsiyadan chiqarish koʻzda tutilgan.

Shundan soʻng, qurilish ishlarini yakunlash uchun yana 3 yilcha vaqt talab etiladi.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular