18:13 18 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Yangiliklar
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (28)
122010

Eslatib oʻtamiz, atom elektr stantsiyasi Oʻzbekistonda 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. "Oʻzbekneftgaz" aktsiyadorlik jamiyati AES haqida soʻzlovchi "Quvvat" multiplikatsion serialining yangi qismlarini Oʻzbekiston bolalariga taqdim etdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot-xizmati.

Multfilm qahramonlari aka-singil Tohir va Zuhra elektr quvvatini ishlab chiqaradigan turli manbalarni solishtirib koʻradilar. Zuhra ukasiga atom elektr stantsiyasi yoki AES qanchalik koʻp elektr quvvatini ishlab chiqarishi mumkinli va uning qiymati issiqlik elektr stantsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga nisbatan ancha pastligini hikoya qilib beradi.

"Quvvat" multfilmi, uning qahramonlari va doʻstlari – aqlli robot va shumtaka mushukcha Mimiqvoy – yosh tomoshabinlarga muhim narsalar haqida qiziqarli hikoya qilib beradilar, ularni diqqatli boʻlishga oʻrgatadilar va uyda gaz, yorugʻlik, issiqlik qanday paydo boʻlishi, tabiiy resurslar nima va ularni tejash haqida koʻproq maʼlumot berdilar.

Multfilm orqali Oʻzbekiston bolalari zamonaviy texnologiyalar haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻldilar.

Eslatib oʻtamiz, atom elektr stantsiyasi Oʻzbekistonda 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan. Atom elektr stantsiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qoʻshilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (28)

Asosiy mavzular