09:16 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
19210

Tematik xiyobonlar faoliyati 2018−2020 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida yoʻlga qoʻyiladi

TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Hukumati mamlakatda "Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari"ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan "Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari"ning kontseptsiyasi tasdiqlangan. Kontseptsiya xiyobonlarni rivojlantirish va uning doimiy faoliyatini tashkil etishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutadi.

Masalan: infratuzilma va moddiy-texnik bazani takomillashtirish; taʼlim va maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish;

madaniy-maʼnaviy dam olish xizmatlaridan keng foydalanish; bolalar uchun koʻngilochar maydonchalari tashkil etish;

ajdodlar tomonidan toʻplangan tarixiy va madaniy tajriba jamiyat aʼzolarining individual va umumiy rivojlanishi uchun zarur shart ekanligini jamoatchilik ongiga singdirish.

Tematik xiyobonlar faoliyati 2018−2020 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur xiyobonlarda oʻqituvchi va murabbiylarning siymosini aks ettiruvchi, ularning nufuzini oshiruvchi monumentlar, kutubxonalar, ilmiy-maʼrifiy binolar, muzeylar yoki kichik koʻrgazma zallari va boshqa koʻngilochar obʼyektlar tashkil etiladi.

Xiyobonlarning namunaviy loyihasini ishlab chiqish Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular