23:09 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Uzbekskiye jenщinы beseduyut na ulitse

Oʻzbekiston ayollari ishlashi mumkin boʻlgan kasblar roʻyxati qayta koʻrib chiqilmoqda

AP Photo
Yangiliklar
Havola olish
850 0 0

Masalan, ayollar mehnati toʻliq yoki qisman qoʻllanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxati bilan jami 400 ga yaqin kasblarda ayollarning ishlashi taqiqlangan.

TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi ayollarning kasb tanlash imkoniyatlari kengaytirilishi zarurligi haqida bayonot bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda amalda boʻlib turgan ayrim qonun hujjatlarida ayollarning mehnat qilish huquqini cheklanish holatini koʻrish mumkin.

Masalan, ayollar mehnati toʻliq yoki qisman qoʻllanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxati bilan jami 400 ga yaqin kasblarda ayollarning ishlashi taqiqlangan.

"Taʼkidlab oʻtish lozimki, mazkur hujjatning qabul qilinganiga 18 yildan oshdi. Texnika taraqqiyoti tufayli bundan 15-20 yillar avval ayollar ishlatishi qiyin boʻlgan ayrim texnik uskunalar hozirda ayollar ham bemalol ishlata oladigan darajaga yetdi", - deyiladi xabarda.

Masalan, mazkur hujjatga koʻra ayollarning yoʻlovchilar soni 14 ta dan koʻp sigʻimli avtobuslarning haydovchisi boʻlib ishlashi taqiqlanadi. Vazirlik ushbu transport vositasini boshqarish uchun juda katta jismoniy kuch talab qilinmasligini qoʻshimcha qligan.

Shu sababli ham ayollar huquqlarini cheklanishini oldini olish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan mazkur hujjat manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda qayta koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular