22:27 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Ministr oboronы Uzbekistana Abdusalom Azizov

Oʻzbekiston Mudofaa vaziri AQSH harbiy delegatsiyasini qabul qildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yangiliklar
Havola olish
27301

Uchrashuv davomida Afgʻonistondagi vaziyatni oʻnglash, xalqaro terrorizmga barham berish hamda mintaqada tinchlikni barqaror ushlab turish boʻyicha fikrlar almashildi. Ertaga Oʻzbekiston—Amerika mudofaa idoralari konsultatsiyalari boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 8 noya - Sputnik. Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov AQSH Mudofaa vaziri oʻrinbosarining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisi Kolin Jekson boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Jeksonga AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum ham hamrohlik qildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

AQSH qurolli kuchlari delegatsiyasi Oʻzbekistonga ikki mamlakat mudofaa idoralari oʻrtasida xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston tomoni harbiy va harbiy-texnika sohasida, shuningdek, mintaqada xavfsizlikni taʼminlash borasidagi dolzarb masalalarda Oʻzbekiston—Amerika mudofaa idoralari konsultatsiyasiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Ikki mamlakat konsultatsiyalari Toshkentda 9 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Uchrashuv davomida Afgʻonistondagi vaziyatni oʻnglash, xalqaro terrorizmga barham berish hamda mintaqada tinchlikni barqaror ushlab turish boʻyicha fikrlar almashildi, deyiladi xabarda.

"AQSH— biz uchun ishonchli, uzoq yillar davomida sinalgan hamkor boʻlib, oʻrtamizdagi doʻstlik va oʻzaro munosabatlar doimiy ravishda oldinga qarab siljimoqda. Dunyodagi qudratli jangovar imkoniyatga ega mamlakat bilan mustahkam aloqa oʻrnatish, shubhasiz, bizning armiyamiz jangovar shayligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi", — deb taʼkidlagan uchrashuv davomida Abdusalom Azizov.

Mudofaa vazirligi axborotiga koʻra, hamkorlik davri mobaynida Oʻzbekiston va AQSH hududida 400 dan ortiq qoʻshma tadbirlar oʻtkazilgan.

 

Asosiy mavzular