17:11 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
19610

Qayd etilishicha, yodgorlikni qaytadan restavratsiya qilish ishlari deyarli oʻz yakuniga yetgan va xotira toshi tez vaqtda mahalla binosi roʻparasiga qaytariladi

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. "Darxon" mahallasida restavratsiya uchun vaqtincha olib qoʻyilgan Ulugʻ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qoʻyilgan yodgorlik tez orada yana mahalla binosi roʻparasiga oʻrnatiladi, deb xabar qildi "Sputnik" muxbiriga mahalla yigʻini vakili.

Eslatib oʻtamiz, "Darxon" mahalla fuqarolar yigʻinining xizmat binosi 1956 yilda qurilgan boʻlib, bino juda taʼmirtalab holatga kelib qolganligi sababli, joriy yil avgust oyida "Zamonaviy mahalla" loyihasi asosida yangi, barcha zamon talablariga mos keladigan shart-sharoitlarga ega mahalla markazi qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Iz lichnogo arxiva maxallinskogo komiteta "Darxan"
Yodgorlik oʻrnatish uchun joy tayyorlanmoqda

"17 noyabr kuni "Darxon" mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan vakillar yigʻilishida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari vaqtida 1941-1945 yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va halok boʻlgan jangchilari xotirasiga bagʻishlab oʻrnatilgan yodgorlikni qayta restavratsiya qilish va yodgorlik oʻrnini yangi joyga koʻchirish masalasi koʻrib chiqilib, tegishli yigʻilish qarori qabul qilingan", - dedi suhbatdosh.

Iz arxiva maxallinskogo komiteta "Darxan"
Yodgorlik oʻrnatish uchun joy tayyorlanmoqda

Qayd etilishicha, yodgorlikni qaytadan restavratsiya qilish ishlari deyarli oʻz yakuniga yetgan va xotira toshi tez vaqtda mahalla binosi roʻparasiga qaytariladi.

Hozirda yodgorlik qoʻyiladigan joy atrofiga shagʻal toʻkilib, tsement quyilmoqda.

Ploщadka dlya ustanovki stelы geroyam VOV v maxalle Darxan
Foto predostavleno maxallinskim komitetom "Darxan"
Yodgorlik oʻrnatish uchun joy tayyorlanmoqda

Asosiy mavzular