06:20 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Tantsovщitsы

IIBB Oʻzbekiston erkaklarini fohishalar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi

© Sputnik /
Yangiliklar
Havola olish
5921 0 0

Tungi kapalaklarga qarshi operatsiya Toshkentning barcha tumanlarida oʻtkazilmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, yil davomida 65 nafar ayol roʻyxatga qoʻyilgan, yana 826 nafariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 190-moddasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Toshkent IIBB "Chilonzor-18" dahasida koʻp qavatli uylar oldida toʻplanadigan "kapalak"larga nisbatan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, Chilonzor 18 dahasida yashovchi fuqarolar OAVlarga murojaat qilib, ularni tashvishga solayotgan holat: derazalari ostida har oqshom avtomobillar toʻplanishi va shovqin-suron qilishi holatiga barham berishda yordam soʻrashadi. Murojaatga koʻra, oʻsha avtomobillarda eng qadimiy kasb turi bilan shugʻullanuvchi ayollar qoʻnim topishar ekan.

Toshkent IIBB ijtimoiy tarmoq, ommabop guruhlar va OAV sahifalarini monitoring qilib borishini, IIBB YHXB DPS xizmati va 5-shahar militsiya boʻlimiga murojaat kelib tushgach, darhol koʻrilgani haqida bayon etgan.

Xabarda aytilishicha, 29 noyabr kunidan buyon IIBB xodimlari koʻrsatilgan yoʻl qismida uzluksiz patrul xizmatini amalga oshirishmoqda, shu jumladan kechki vaqtlarda ham. Tungi osoyishtalik buzgʻunchilari koʻp hollarda avtomobillar xizmatidan foydalanishlari tufayli, patrul ishlarida profilaktika inspektorlari bilan bir qatorda IIBB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ham qatnashishmoqda.

Xususan, 29 noyabr kuni toʻrt nafar ayol, 30 noyabr kuni yana ikki nafar ayol qoʻlga olingan.

Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik kodeksining 190, 194 moddalari boʻyicha ayblovlar eʼlon qilingan.

Shu tariqa, bugungi kunda fohishalik bilan shugʻullanuvchi ayollarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan maksimal sanktsiya bu boʻysunmaganlik uchun maʼmuriy hibsga olish.

Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi hibsga olinganlarga qonuniy ishga joylashishning bir necha variantlarini taklif etishlari, ammo qaror qabul qilish huquqbuzar ayollarning shaxsiy ishi ekanligi ham qoʻshimcha qilingan.

Patrul qatnashchilari soʻzlariga koʻra, yuqorida koʻrsatilgan yoʻl qismida huquqbuzar ayollar bilan muloqotga kirishish oson kechmaydi - ular maʼlum sabablarga koʻra, aksariyat hollarda oʻzlarini agressiv tutadilar, turli tuman provokatsiyalarga yoʻl qoʻyadilar, baʼzilari ularni shu ishga majbur qilgan hayotidagi qiyinchiliklari haqida aytib, ularni qoʻyib yuborishlarini soʻraydilar. Qizlarning ayrimlari homilador boʻlib chiqadi, va ularga nisbatan hibsga olish qoʻllanilmaydi.

"Mamlakat erkaklaridan bunday turdagi xizmatlardan foydalanmaslikka chaqirishni xohlardik - chunki talab boʻlgan joyda xizmat ham boʻladi. Sogʻlom turmush tarzi, xavfsizlik, samimiy tuygʻular, muhabbat, hotirjamlik va oilani tanlang", - deyiladi xabarda.

Tungi kapalaklarga qarshi operatsiya Toshkentning barcha tumanlarida davom etmoqda, deb maʼlum qiladi IIBB, Aybdorlarga nisbatan sanktsiyalar qoʻllanilmoqda.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, yil davomida 65 nafar ayol roʻyxatga qoʻyilgan, yana 826 nafariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 190-moddasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Asosiy mavzular