AQSh O‘zbekistonni "diniy erkinlikdagi huquqbuzarliklar" uchun kuzatuv ro‘yxatiga kiritdi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishFragment Kapitoliya Vashingtona
Fragment Kapitoliya Vashingtona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston va Turkmaniston AQShga ko‘ra, diniy erkinliklar buzilishida ishtirok etayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiradi

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekistonni "diniy erkinlikdagi jiddiy huquqbuzarliklar"da ishtiroki yoki toqatli munosabati uchun maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritdi.

Bu haqda AQSh Davlat kotibining bayonotida keltirilgan.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qaror 28-noyabr kuni qabul qilingan. Ushbu ro‘yxatga shuningdek Komor orollari va Rossiya ham kiritilgan.

Vstrecha posla SShA po religioznim delam v komitete Musulman Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
AQSh diniy erkinlik bo‘yicha elchisi O‘MI rahbarlari bilan uchrashdi

XXR, Eron, KXDR, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va qator boshqa davlatlar din erkinliklarini buzuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

"Men shuni belgiladimki, Birma (Myanma — tahr.), Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Pokiston, Sudan, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston 1998-yilda qabul qilingan xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha (AQSh) qonuniga binoan o‘ta tashvishga solayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Chunki ular "diniy erkinliklarning tizimli ravishda, davomiy va jiddiy" buzilishlarida ishtirok etib kelishmoqda", - deb bayonot qilgan Pompeo.

Dunyo bo‘yicha ko‘plab hududlarda odamlar o‘z e’tiqodiga monand yashayotganliklari tufayli tahdid, hibsga olish va hatto o‘lim bilan yuzma-yuz kelishmoqda, deb ta’kidlaydi AQSh Davlat kotibi.

"AQSh bu kabi siquvga olishlarga tomoshabin bo‘lmaydi", - deb bayonot qilgan Pompeo.

Yangiliklar lentasi
0