O‘zbekiston armiyasida ilk bor "Ilg‘or mutaxassis" tanlovi o‘tkazilmoqda

© Ministrestvo oboroni RUzUzbekskie voyenoslujashie na ArMI-2017
Uzbekskie voyenoslujashie na ArMI-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tanlov muddatli harbiy xizmatchilarda jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, askarlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. 11 dekabr kunidan boshlab Markaziy harbiy okrugiga qarashli "Forish", Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining "Termiz" va "Nuriston" hamda Toshkent harbiy okrugining "Chirchiq" poligonlarida aralash tarkibdagi harbiy qismlarda aniq mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanayotgan muddatli harbiy xizmat oddiy askarlari o‘rtasida "Ilg‘or mutaxassis" musobaqasining yakuniy bosqichi boshlandi.

Prezident farmoyishiga muvofiq 26-noyabrda erta tongda O‘zbekiston Qurolli kuchlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarilgan edi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda armiya tayyorgarligi tekshirilmoqda – eng sara foto suratlar

O‘zbekiston armiyasida ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa 21-dekabr kuniga qadar 20 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda 230 nafarga yaqin muddatli harbiy xizmatchilar o‘zaro kuch sinashadi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Musobaqalarning ochilish marosimlarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi hamda harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonliklari vakillari askarlarni qizg‘in qutlab, bahslarda mahorat va matonatlarini namoyish etishlarida zafarlar tilashdi.

Yakuniy bosqich davomida askarlar test sinovlari va jismoniy tayyorgarlikdan nazorat mashqlarini topshiradi hamda mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini namoyish etishadi.

Ushbu tanlov muddatli harbiy xizmatchilarda jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, askarlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish,shuningdek, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini takomillashtirish va malakalarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining boshida Sharqiy harbiy okrugiga qarashli "Farg‘ona" harbiy qism va dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shin turlari, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari o‘rtasida Qurolli Kuchlarda an’anaviy o‘tkazilayotgan eng katta ko‘rik-tanlov — "Eng ilg‘or mutaxassis"ning yakuniy bosqichi o‘tkazilgandi.

Yangiliklar lentasi
0