21:05 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Proyekt AES v Uzbekistane

Rossiya va Oʻzbekiston AES uchun maydoncha tanlash masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)
2510 0 0

Uchrashuv davomida tomonlar yadro energetikasining qonunchilik asoslarini, xususan, kelgusi AES uchun maydoncha tanlash, atom elektr stantsisini loyihalashtirish, qurilish va undan kafolatgan tarzda foydalanish jarayonlarida huquqiy tartibga solish masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 20 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida deputatlarning "Rosatom" davlat korporatsiyasining operatsion boshqaruv boʻyicha bosh direktori birinchi oʻrinbosari – ASE "IK" AJ prezidenti Aleksandr Lokshin boshchiligidagi "Rostatom" davlat korporatsiyasi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston parlamenti deputatlar guruhini Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Boriy Alixanov boshqardi.

Uchrashuvni ochar ekan, Boriy Alixanov bugungi kunda ikki mamlakat tarixida, shu jumladan, atom energetikasi sohasida yangi hamkorlik bosqichi boshlanganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston deputatlari va jurnalistlari Voronej AESga tashrif buyurdi>>>

Lokshin oʻz navbatida, Rossiya texnologiyalari asosida Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stantsiyasini qurish haqidagi qarori bilan mamlakat amalda atom sohasini yaratish jarayonini boshlab berganini qayd etdi.

"Bu nafaqat yuqori texnologiyali loyiha, balki kadrlarni tayyorlash, qonunchilik bazasini shakllantirish bilan bogʻliq boʻlgan yirik sohadir. Ishonchimiz komilki, ushbu soha faoliyat yuritishining sharti, eng avvalo, xavfsizlik va ijtimoiy maqbullik hisoblanadi",- dedi u.

Uchrashuv davomida tomonlar yadro energetikasining qonunchilik asoslarini, xususan, kelgusi AES uchun maydoncha tanlash, atom elektr stantsisini loyihalashtirish, qurilish va undan kafolatgan tarzda foydalanish jarayonlarida huquqiy tartibga solish masalalarini muhokama qildi.

Qayd qilindiki, birinchi oʻzbek AESning foydalanishga topshirilishi Oʻzbekistonga har yili 3-3,5 milliard kubometr tabiiy gazni tejash, bugʻxona gazlarining atmosferaga chiqarilishini qisqartirish, xususan, 14 million tonnagacha is gazi va 36 ming tonna dioksid azot chiqarilishidan saqlanish imkonini beradi.

Shuningdek, AES qurilishi jarayonida 8 mingdan ziyod, ishga tushirilganidan soʻng – 2,5 ming kishini yangi ish oʻrinlari bilan taʼminlanadi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)

Asosiy mavzular