AQSh Qrimda Lugaraga o‘xshash biolaboratoriyani tashkil etmoqchi bo‘lgan

© Sputnik / Levan Avlabreli / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii
Sotrudnitsa laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Gruziya davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadze Richard Lugara nomidagi Laboratoriyalarda odamlar ustidan o‘lim bilan tugaydigan sinovlar o‘tkazilishi mumkinligi haqida bayonot qilgan edi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. AQSh Simferopolda Gruziyadagiga o‘xshash Lugara markazini tashkil qilishni rejalashtirgan. Qrim Rossiyaga qo‘shib olingach u yerda jo‘natilishga tayyor bo‘lgan biomaterialli yashiklar topilgan, deb xabar qilgan RIA Novostiga Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.

Brifing Ministerstva oboroni RF po bioorujiyu - Sputnik O‘zbekiston
Onishenko MDHdagi AQSh biolaboratoriyalari haqida: asosiysi mediklarni harbiylardan farqlash

"Bugungi kunda Ukrainada AQShning 11ta laboratoriyalari mavjud. Ular Pentagon mablag‘lariga modernizatsiya qilingan. Xuddi shunday laboratoriya Simferopolda qurilishi rejalashtirilgan. 2014-yilda <…> u yerda jo‘natilishga tayyor bo‘lgan 104 turdagi ektoparazitlar, kemiruvchilarning 46 namunadagi ichki organlari, 105 namunadagi odamlardan olingan qon zardoblari topilgan. O‘latga qarshi kurashuvchi bu stansiya tadqiqot markazi rolini bajarmay qo‘ydi, u faqat material to‘plash va uni grantlar bo‘yicha Yevropaga jo‘natish punktiga aylandi", - dedi Popova "Rossiya segodnya" XAA brifingida.

Ilgariroq Gruziya davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadze Richard Lugara nomidagi Laboratoriyalarda odamlar ustidan o‘lim bilan tugaydigan sinovlar o‘tkazilishi mumkinligi haqida bayonot qilgan edi.

Rossiya Qurolli kuchlari radiatsiyaviy, kimoviy va biologik himoya bo‘yicha qo‘shinlari rahbari Igor Kirillov, Lugara markazida ishlaydigan amperikalik olimlar davolash ko‘rinishida mahalliy aholi ustida zaharli kimoviy preparatlarni sinovdan o‘tkazishganini aytgan edi.

Moskva esa Amerika va Gruziya hukumati o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni o‘rganuvchi AQSh armiyasi harbiy bo‘linmasi faoliyatining haqiqiy yo‘nalishini yashirishga harakat qilmoqda, deb hisoblaydi. Gruziya tomoni ushbu xatarlarni bekor, deb hisoblab, laboratoriya faqat ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotganini aytmoqda.

Yangiliklar lentasi
0