10:36 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Yangiliklar
Havola olish
100710

Har bir hududda, birinchisi 2019 yilda Qoraqalpogʻistonda iqtidorli oʻquvchilar uchun "Prezident maktablari" tashkil etiladi.

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi 2019 yildagi ustuvor vazifalarni belgilab oldi, deb xabar qildi Telegrammdagi oʻqituvchi kanali.

Xususan, yangi yildan boshlab umumiy oʻrta taʼlimning oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat taʼlim standartlari oʻquv dasturlari va oʻquv rejalari qaytadan koʻrib chiqilib, takomillashtiriladi.

Har bir hududda (birinchisi 2019 yilda Qoraqalpogʻistonda) iqtidorli oʻquvchilar uchun "Prezident maktablari" tashkil etiladi.

2019 yildan boshlab, barcha sharoitlarga ega boʻlgan "Zamonaviy maktab" barpo etiladi.

Jamiyatda oʻqituvchilarning nufuzini yanada oshirish maqsadida "Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi.

Taʼlim sifati yuqori boʻlgan namunali maktablar tarmogʻi ("setevaya shkola") kengaytiriladi.

Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat taʼlim muassasalari 2 baravarga ortadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yil 2 noyabr kuni xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda soha oldida yana koʻplab vazifalar turgani, darsliklar taʼminoti, taʼlim dasturlari sifati, oʻqituvchilar bilim va malakasini oshirish, kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish haqida gapirgan edi.

Prezident ayni paytda maktab oʻqituvchilarining bilimi va malakasi talabga javob bermasligini, tizimdagi 422 mingdan ortiq pedagogning 65 ming nafari oʻrta maxsus maʼlumotli. Atigi 11 ming nafar oʻqituvchi oliy toifali ekanini qayd etgandi.

Nurafshon XTB Shermatovning ogohlantirishini eshitmaganga oldi >>>

Asosiy mavzular