00:13 23 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Interaktivnaya vыstavka Robostantsiya na VDNX

Rossiyada 2035 yilga kelib robotlarni oʻqitadigan universitet paydo boʻladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Yangiliklar
Havola olish
142 0 0

RF hozircha sunʼiy ong "pedagogikasi" bunday taʼlim muassasalari yoʻq. Ammo yaqin besh yilda bu kabi mutaxassisisliklar rossiyaliklar uchun texnik oliygohlarda ochilishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Robotlar va sunʼiy ongga taʼlim beruvchi universitet 2035 yilda Rossiyada paydo boʻladi, deb xabar qildi RIA Novostiga "Avtonet" milliy texnologik tashabbus markazi.

Xabarga koʻra, 2035 yilda Rossiyada malakali mutaxassislar tomonidan testlar oʻtkaziladigan, raqamli ong texnologiyalari yanada mukammallashtiriladigan sunʼiy ong universiteti yoki shunday nomli tashkilot paydo boʻladi.

Markaz xodimlari etib oliygohlar taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari olinadi. Ular sunʼiy ongni shahar transport infrastrukturasiga avtomatlashtirilgan transport vositalari va aloqa texnologiyalari joriy etilishi bilan bogʻliq amaliy masalalarni bajarishga oʻrgatadilar.

Oliygohlar bazasida institutlar tashkil etilib, ularda malakali mutaxassislar izchillik bilan Rossiyada ishlab chiqilgan sunʼiy ong ishlanmalarini rivojlantirish va sinovdan oʻtkazish bilan shugʻullanadilar.

Professionallar talabalar yaratgan modellar bilan bir qatorda chetgi texnologiyalar bilan ham ishlashlari aytilmoqda.

Tijorat tashkilotlari ushbu institutlarga texnologiya ustida ishni maromiga yetkazish boʻyicha ham murojaat qilishlari mumkin.

Sunʼiy ongga taʼlim beruvchi pedagog yoxud "sunʼiy ong boʻyicha mutaxassis" aloqa, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida eng talabgir boʻlgan "kelajak kasbi" boʻlishi kutilmoqda, deb hisoblaydi "Avtonet" mutaxassislari.

"Bunday mutaxassislar matematik va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga, raqamli savodxonlik koʻnikmaga va murakkab masalalarni yecha olish qobiliyatiga ega boʻlmoqlari lozim", - deb taʼkidlashdi markaz matbuot-xizmatida.

RF hozircha sunʼiy ong "pedagogikasi" bunday taʼlim muassasalari yoʻq. Ammo yaqin besh yilda bu kabi mutaxassisisliklar rossiyaliklar uchun texnik oliygohlarda ochilishi rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular