O‘zbekistonda o‘tgan yil 13 ta yangi masjid ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXodja Axrar Vali - Fundament pervoy v Tashkente sobornoy patnichnoy mecheti (Djuma-mechet) bil zalojen na samoy visokoy tochke shaxristana (sentra) drevnego Tashkenta v 819 godu
Xodja Axrar Vali - Fundament pervoy v Tashkente sobornoy patnichnoy mecheti (Djuma-mechet) bil zalojen na samoy visokoy tochke shaxristana (sentra) drevnego Tashkenta v 819 godu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlar idorasi 2019-yilda "Vaqf" xayriya jamoat fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish loyihalarini ham hayotga tadbiq etishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi 2018-yil davomida mamlakatda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan yil sarhisobini e’lon qildi.

Fil yuvinish xonasida. - Sputnik O‘zbekiston
Muhammad payg‘ambar haqidagi film uchun Afrikadan fil keltirildi

Qo‘mita o‘z xabarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Qur’on musobaqalari bilan boshlangan 2018-yil "qut-barakali o‘tgani" haqida yozadi.

Xususan, diniy-ma’rifiy sohani takomillashtirish to‘g‘risidagi qator farmon va qarorlari asosida: Xalqaro islom akademiyasi ta’sis etildi, Xalqaro Islom sivilizatsiya markazi tashkil etildi, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tuzildi; Hadis ilmi maktabi nomli oliy diniy ta’lim muassasi ish boshladi.

Masjid-madrasalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir qator imtiyoz va yengilliklar berildi. 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi, 100 ga yaqini kapital ta’mirlandi.

Ramzan Qodirov O‘zbekistonga nima uchun kelganini aytdi >>>

Haj qiluvchilar soni 7200 dan oshdi, umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ldi; Ramazon oyida 1149 ta masjidda xatmi Qur’on o‘tkazildi; "Qur’oni karim va tajvid" hamda "Arab tili" kurslari tashkil etildi.

Qo‘mita diniy sohada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni butun dunyo hamjamiyati e’tirof etayotganini ham qo‘shimcha qilgan. Xususan, AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda diniy erkinlik yo‘lidagi ishlarni tan oldi. BMT sessiyasida O‘zbekiston tashabbusi bilan "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" nomli muhim hujjat qabul qilindi.

Fragment Kapitoliya Vashingtona - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonni "diniy erkinlikdagi huquqbuzarliklar" uchun kuzatuv ro‘yxatiga kiritdi

O‘zbekiston ulamolari xalqaro anjumanlarda munosib ishtirok etdi. Saudiya Arabistoni, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlar mezbonlik qilgan nufuzli xalqaro tadbirlarda vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashdi.

Islom olami bilan aloqalar mustahkamlandi - musulmon dunyosining eng mo‘’tabar ulamolari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Azhari sharif shayxi Ahmad Toyyib, yirik muhaddis Muhammad Avvoma va tariqat peshvosi Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy kabi zotlarning tashrifi o‘zgacha fayz baxsh etdi.

"2018 yil 28-dekabrdagi Prezidentimiz Murojaatnomasidan kelib chiqsak, 2019-yilni – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimizda tobora kuch-quvvatga to‘lib borayotgan islohotlarning davomi bo‘ladi. ... Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham o‘zining munosib hissasini qo‘shishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, "Vaqf" xayriya jamoat fondi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarini qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish loyihalarini ham hayotga tadbiq etishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Sarmoyadorlar bilan ham hamkorlik o‘rnatishni nazarda tutgan", - deb ma’lum qilgan qo‘mita.

Yangiliklar lentasi
0