09:21 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Uzbekskiye militsionerы

Mirziyoyev oʻzbek militsiyasi qanday boʻlishi kerakligini aytdi

AP Photo / Mikhail Metzel
Yangiliklar
Havola olish
923 0 0

Prezident yosh kadrlarda tanqidiy tahlil, intizom, halollik, vatanparvarlik, tashabbuskorlik, shaxsiy javobgarlikni shakllantirish kerakligini aytdi

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni oʻtkazilgan mamlakat tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarini oʻqitish, ularning kasbiy mahoratini va madaniyatini muntazam oshirib borish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.

"Huquqni muhofaza qilish sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi eng yangi yondashuvlarga asoslanishi, ular shiddat bilan oʻzgarayotgan zamon va shart-sharoitlarga mos boʻlishi zarur. Yosh kadrlarda tanqidiy tahlil, intizom, halollik, vatanparvarlik, tashabbuskorlik, shaxsiy javobgarlikni shakllantirish kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga rahbarlar tayinlashda butunlay yangicha mexanizm joriy etish boʻyicha topshiriq berildi. Unga muvofiq, nomzodlar maʼlum muddat davomida maqsadli indikatorlarga erishish sharti bilan lavozimga tayinlanishi, shartlar bajarilmagan taqdirda shartnoma muddati uzaytirilmasligi lozimligi belgilandi.

Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarda huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish jinoyatchilikning oldini olishda muhim omil boʻladi. Lekin huquqiy targʻibot koʻpincha eskicha usullar, majlisbozlik va yuzaki maʼruzalardan iborat boʻlib qolayotgani sababli toʻla samara bermayapti. Shu bois Adliya vazirligiga Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. 

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda kadrlar masalalari ham koʻrildi. Oʻz xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan koʻplab rahbarlar qatʼiy ogohlantirildi, ayrimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Asosiy mavzular