AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib ketmoqda. Zaxarova bunga ishonmayapti

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishGumanitarniy koridor na severe Aleppo
Gumanitarniy koridor na severe Aleppo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyadan qo‘shinlarini chiqarishni boshladi

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi kurashuvchi AQSh boshchiligida xalqaro koalitsiya Suriyadan o‘z qo‘shinlarini chiqarishni boshladi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi koalitsiya vakili bayonotiga asosan.

Soldati siriyskoy armii s flagom Sirii raduyutsya osvobojdeniyu Palmiri - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada ikki nafar o‘zbekistonlik jangari asirga olindi

Juma kuni koalitsiya vakili polkovnik Shon Rayan "Hamkorlikdagi uyushgan tezkor guruh - "Qat’iy jur’at" operatsiyasi" (CJTF-OIR) Suriyani tark etishni boshladi. Xavfsizlik nuqtayi-nazaridan biz qo‘shinlarni chiqarish grafigi, joylashuvi yoxud qo‘shinlar harakatlanishi hududlarini muhokama qilmaymiz", - deya iqtibos keltiradi Rayan so‘zlaridan agentlik.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh qo‘shinlarining Suriyani tark etayotgani munosabati yuzasidan rasmiy izoh berar ekan, AQSh Suriyadan qolish uchun sabab izlayotgandek "chiqayotganini" iddao qildi.

"Biz Tvitterdagi (AQSh prezidenti Donald Trampning Tvitterdagi akkaunti), va qolaversa, xabarlarning yangi porsiyasi e’lon qilingach, bildiriladigan izohlarga ko‘ra baho bermoqdamiz. Bugungi kunda ular go‘yo shunday chiqib ketmoqdaki, qolish uchun sabab axtarayotgandek tuyulyapti, hatto", - dedi Zaxarova brifing davomida.

"Shu bois, biz bir necha marotaba strategiya bilan tanishishni xohlashimizni aytganmiz. Meni nazarimda, dunyo hamjamiyati AQSh Suriyada qancha muddatda chiqishni rejalashtirayotganini bilishga haqli. Men siz aytayotgandek ularning ketayotganiga ishonch bildirolmayman, chunki rasmiy strategiyani biz hali ham ko‘rganimiz yo‘q", - deb qo‘shimcha qildi Zaxarova.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadan AQSh harbiylarini olib chiqish haqida buyruq imzolandi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2018-yil dekabr oyi o‘rtalarida Suriyada ID ustidan g‘alaba qozonilgani haqida e’lon qilgan va g‘alabaga erishish maqsadida amerika harbiylari bu mamlakatda bo‘lib turishganini ta’kidlagan edi. Sal keyin Oq uy matbuot-kotibi Sara Sanders AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini chiqarishni boshlaganini, ammo ID ustidan qozonilgan g‘alaba xalqaro koalitsiya ishi yakunlanganini anglatmasligini ma’lum qildi.

Suriyadagi qurolli mojaro 2011-yildan buyon davom etadi. 2017-yil oxirida Suriya va Iroqda ID ustidan g‘alaba qozonilgani haqida e’lon qilingan. Alohida hududlarda jangarilardan tozalash ishlari davom etmoqda. Ayni vaqtda Suriyada siyosiy tartibga solish, mamlakatni tiklash va qochqinlarni qaytarish masalalari old planga chiqqan.

 

Yangiliklar lentasi
0