Rossiya Interpol bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surmoqda

Logotip INTERPOL na fasade zdaniya
Logotip INTERPOL na fasade zdaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya sobiq IIV rahbari Kulikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Interpolga tezkor-qidiruv huquqi berilishi va tashkilot terrorchilarga qarshi kuch tuzilmalariga ega bo‘lishini maqsadga muvofiq deb biladi.

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik, Sergey Safronov. Rossiya Interpolga tezkor-qidiruv hamda xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi funksiyalari berilishi masalasini ilgari surmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Rossiyaning sobiq IIV rahbari, Xalqaro politsiyachilar ekspert kengashi raisi, armiya generali Anatoliy Kulikov ma’lum qilgan.

Logotip INTERPOL na fasade zdaniya - Sputnik O‘zbekiston
Interpol prezidenti etib Janubiy Koreya vakili tayinlandi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus fevral oyida Fransiyaning Lion shahrida Interpol rahbariyati bilan o‘tkaziladigan uchrashuvda aytiladi.

"Rossiya ushbu tashabbusni ilgari surmoqda, va biz uni fevral oyi oxirida Lionda Interpol rahbariyati bilan o‘tkaziladigan uchrashuvda aytmoqchimiz", – dedi Kulikov.

Kulikovning ta’kidlashicha, Interpolga xalqaro terrorizm va jinoyatchilik, shuningdek, tezkor-qidiruv funksiyalari qo‘shib berilsa, ideal bo‘lardi.

"Bizning nazarimizda, Interpol xalqaro jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi funksiyalari bilan shug‘ullansa, bu ideal variant bo‘lar edi, chunki tashkilot allaqachon mavjud. Ikkinchidan Interpol ulkan ma’lumotlar bankiga ega. Ammo tashkilot hozircha pochta qutisi vazifasini bajarmoqda. Nizom juda eskirgan. Ichki jinoiy va ichki jinoiy terrorizm muammolari ularga taalluqli emas. Biz esa bu aqida ekanligini va bunga o‘zgartishlar kiritish kerakligini aytmoqdamiz", - dedi Kulikov.

Kulikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Interpolga tezkor-qidiruv huquqi berilishi va terrorchilarga qarshi kuch tuzilmalariga ega bo‘lishni maqsadga muvofiq deb biladi.

"Biroq ularni BMT xalqaro kuchlari sifatida ajratib ko‘rsatishdan ma’no yo‘q. Ammo har bir davlatda Interpol topshirig‘i bilan tezkor masalalarni yechishda ishtirok etadigan tayyor kuchlar bo‘lishi va bunda boshqa davlatlarni jalb qilish imkoniyati ham bo‘lishi kerak. Bu masalani tez orada o‘tadigan Interpol Bosh assambleyasi kun tartibiga kiritmoq lozim", - deb xotima qildi general.

Yangiliklar lentasi
0