Bolalar bog‘chalarida qo‘shimcha pullik xizmatlar qaysi?

Obuna bo‘lish
Pullik xizmatlar turlari va narxi MTV Kuzatuv kengashi tomonidan o‘rnatiladi.

TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. 2019-yil yanvar oyidan Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari qo‘shimcha pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Maktabgacha ta’lim vazirligi.

Detskiy sad Wunderkinds in Kungirad prinyal pervix vospitannikov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2019-yilda 400 dan ortiq bog‘cha ta’mirlanadi

Endilikda bog‘cha tarbiyachilari qo‘shimcha to‘lov evaziga bolalarga dam olish kunlari va ish kuni yakunidan keyin qarab turishlari mumkin.

Bundan tashqari, ota-onalar o‘z farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim dasturidan tashqari o‘tkaziladigan pulli to‘garaklarga qo‘yishlari mumkin. Bunday to‘garaklar turiga sport-sog‘lomlashtirish, turli fanlar bo‘yicha darslar, xor va raqs kiradi.

Pullik to‘garaklarda 25tagacha bolalar ta’lim olishlari mumkin.

Pullik xizmatlar turlari va narxi MTV Kuzatuv kengashi tomonidan o‘rnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0