O‘zbekistonda hafta oxirida havo isiydi - O‘zgidromet

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLyudi gulyayut v parke Tashkenta
Lyudi gulyayut v parke Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, hafta oxiriga borib, respublika hududida havo ilishi kuzatiladi, qorlar eriydi va yomg‘ir yog‘ishi mumkin

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga tez orada iliq kunlar qaytadi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, respublikaning ba’zi hududlarida termometr ko‘rsatkichi -12 darajagacha tushgach, endi hafta oxiriga kelib 15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Otdixayushie v parke iskusstv Muzeon v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Anomal jazirama! 2019-yilda qanday ob-havo kuzatiladi - olimlar prognozlari

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida 25-27 yanvar kunlari kunduzi 3-8 daraja iliq, oqshom 2 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Oqshom nol gradus, kunduzi esa 12-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida iliq ob-havo kuzatiladi: kechasi – nol gradusdan 2 daraja sovuq, kunduzi - 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga tuman tushadi. Havo harorati plyus 12-17 daraja ko‘tariladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo harorati kechasi - 0-5 gradus, kunduzi - 5-8 daraja, ba’zi joylarda 10 daraja iliq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi havo harorati - 3-8 daraja, kunduzi - 3 -8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0