06:36 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Lyudi smotryat spisok pavshix v VOV

Oʻzbekistonda Afgʻonistonda halok boʻlgan jangchilar nomlari abadiylashtiriladi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yangiliklar
Havola olish
73720

Afgʻonistondan sovet qoʻshinlari chiqarilganining 30 yilligi arafasida 1 fevral kuni Toshkentda halok boʻlgan askar va ofitserlar nomlarini abadiylashtirilga bagʻishlangan tantanali tadbir, shuningdek, veteranlar uchun kontsert dasturi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. RespublikaVETERAN uyushmasi tashkil topganining 25 yillik sanasi va sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilganiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan Toshkentda baynalminal-veteranlar bilan ishlashga qaratilgan qator tadbirlar oʻtkaziladi, dedi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida uyushma raisi Talʼat Muradov.

Jumladan, 1-fevral kuni Toshkentda MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashi huzuridagi jangchi-baynalmillalchilar ishlari boʻyicha qoʻmitasining Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi oʻtkaziladi. Yigʻilishda Sobiq Ittifoq Qahramoni Ruslan Aushev, "Boyevoye bratstvo" Butunrossiya veteranlar jamoatchilik tashkiloti yetakchisi Boris Gromov, Mudofaa boʻyicha Federatsiya kengashi qoʻmitasi sobiq aʼzosi Frants Klintsevich hamda Baynalminal-jangchilar qoʻmitasi raisi Aleksey Kovalyovlar ishtirok etishadi.

"Shuningdek, 1 fevral kuni, oʻz askarlik burchini ado etayotib halok boʻlgan 1515 inson ismlari Mustaqillik maydonidagi motamsaro ona memorialiga  kiritiladi. Bundan tashqari, bizning doʻstlarimiz va safdoshlarimiz - Oʻzbekiston mustaqilligi va konstitutsion tuzumini himoya qilayotib jon fido qilgan ofitserlar familiyalari ham roʻyxatdan joy oladi. Bu juda ahamiyatli tadbir boʻlib, biz uni MDH davlatlaridan keladigan jangchi doʻstlarimiz bilan birgalikda nishonlaymiz", - dedi Muradov.

2-fevral kuni tantanali majlisdan keyin "Turkiston" saroyida bayram kontserti tashkil etiladi va bu tadbirga respublikaning barcha viloyatlaridagi veteranlar taklif etiladi. Tadbir Oʻzbekiston hukumati, Mudofaa vazirligi, "Yoshlar ittifoqi" va jamoatchilik tashkilotlari koʻmagida tashkil etilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 1979 yildan 1989 yilga qadar Afgʻonistonda boʻlib oʻtgan harbiy harakatlarda 65 ming nafarga yaqin oʻzbekistonliklar ishtirok etishgan. Ulardan bir yarim mingga yaqini halok boʻlishgan, 2,5 mingga yaqini esa jarohat olib, bir umrga nogiron boʻlib qolishgan.

Asosiy mavzular