O‘zbekistonda maktablar reytingi o‘quvchilar savodxonligi orqali shakllantiriladi

Obuna bo‘lish
PISA xalqaro tadqiqotlari O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab tatbiq etiladi. Bu jarayonga xalq ta’limi tizimi va boshqa tegishli tashkilotlar puxta tayyorgarlik qo‘rishlari kerakligi ta’kidlandi va tegishli topshiriqlar berildi.

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari tatbiq etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 30-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Dilshod Kenjayev, zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Dilshod Kenjayev O‘zbekiston maktablarida 2019-yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida

"Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlashni samarali tashkil etish hamda PISA xalqaro tadqiqotlarida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish" mavzusida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishining Respublika studiyasida Xalq ta’limi vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni viloyat studiyalarida Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarma boshliqlari, tuman (shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari), ta’lim sifati monitoringi xizmati xodimlari, xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar hamda mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch maktablarining rahbarlari kuzatdi.

Videoselektor yig‘ilishida joriy yilda ilk bora o‘tkazilayotgan umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida ishchi guruhlar tomonidan har yili mart va may oylarida umumta’lim muassasalari 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish yoki test sinovlaridan iborat nazorat ishlari o‘tkazilishi qayd etildi. Jumladan, 9-sinf o‘quvchilari ona tilidan diktant, matematikadan bitta masala va to‘rtta misol yechishi belgilandi.

Videoselektor doirasida o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi dunyoning barcha davlatlaridagi o‘quvchilarning savodxonligini baholash va ushbu bilimlarini amaliyotda qo‘llashni bilish darajasini baholovchi test ekanligi alohida ta’kidlandi. Bu testlar 3-yilda bir marotaba o‘tkazilib, unda 15 yoshli o‘smirlar qatnashadi.

Videoselektorda PISA xalqaro tadqiqotlari mamlakatda 2021-yildan boshlab tatbiq etilishi aytilib o‘tdi va ushbu jarayonga xalq ta’limi tizimi va boshqa tegishli tashkilotlar puxta tayyorgarlik qo‘rishlari kerakligi ta’kidlandi va tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0