Oltin tanga narxi keskin oshdi, Markaziy bank sababini tushuntirdi

© Sputnik / Ilya PitalevZagotovki dlya chekanki monet
Zagotovki dlya chekanki monet  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu haftada bir dona oltin tanga narxi 13 million 700 ming so‘m etib belgilandi. Ya’ni muomalaga chiqarilgan dastlabki kundan tanga narxi 1 millionga, o‘tgan haftadagi narxga nisbatan esa 300 ming so‘mga qimmatladi

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Markaziy bank rasmiylari esdalik tangalar narxi oxirgi vaqtlarda nega oshib borayotgani sababini tushuntirishdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

Hafta boshida bir dona oltin tanga narxi 13 million 700 ming so‘m, bir dona kumush tanga narxi 265 ming so‘m etib belgilangan edi.

Oltin tanganing ushbu haftadagi narxi o‘tgan haftaga nisbatan birdaniga 300 ming so‘mga yuqoriladi. Kumush tanga 10 ming so‘mga oshdi.

"Tangalar narxi yangilanishi jahon bozorida oltin narxi o‘zgarishi hisobiga ro‘y beradi. Hozir dunyo bozorida oltin narxi oshib borayapti va bu oltin tangalar narxiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bank uchun shunday bo‘lgani yaxshi", - dedi MB Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamrayev.

Eslatib o‘tamiz, aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakatda qimmatbaho metallar bozori faoliyatini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

2018 yil 28-noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin. Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, tangalarning qoldiqlari bo‘yicha quyida, esdalik tangalarining sotish va qaytarib xarid qilish shoxobchalari manzillari haqida esa quyida ma’lumot berilgan.

Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Tangalarni chet elga chiqarib ketish yuzasidan cheklovlar yo‘q. Asillik sertifikati asosida bemalol chetga olib chiqib ketish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0