11:51 17 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afgʻon-jangchilari taqdirlandi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yangiliklar
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
141150

Toshkent shahrida VETERAN veteran-jangchilar va nogironlar birlashmasi tashkil topganining 25 yilligi hamda sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilganining 30 yilligiga bagʻishlangan keng koʻlamdagi tadbirlar oʻtkazilmoqda

TOSHKENT, 2 fev - Sputnik. MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashi huzuridagi jangchi-baynalmilalchilar ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Aleksandr Kovalyov Toshkentda "Turkiston" saroyida oʻtkazilgan tantanali tadbirda oʻzbekistonlik bir qator baynalmilal jangchi-veteranlarni qimmatbaho toshli ordenlar bilan mukofotladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Xususan, Oʻzbekiston VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi rahbari Talʼat Muradov Oʻzbekistonda 25 yil davomida amalga oshirgan ishlari, Afgʻoniston harakatini saqlab qolgani uchun brilliant toshli orden bilan mukofotlandi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Predsedatel Komiteta po delam voinov-internatsionalistov Aleksandr Kovalyov vruchayet orden Talʼatu Muradovu Pardayevichu

"Oʻzbekiston VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi rahbari Muradov Talʼat Pardayevich uzoq yillik samarali mehnat faoliyati va afgʻon urushi qatnashchilariga koʻrsatgan ijtimoiy koʻmaklari, afgʻon urushi veteranlari anʼanalarini saqlab qolgani, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun brilliant toshlarga ega "Vatanga xizmat" ordeni bilan mukofotladi", - deya eʼlon qildi Kovalyov.

Afgʻonistondan sovet qoʻshinlari chiqarilishining 30 yilligi munosabati bilan Toshkentda tantanali tadbirlar oʻtkazilmoqda>>>

Oʻzbekiston Mudofaa vaziri oʻrinbosari, Qurolli kuchlari akademiyasi rahbari general-mayor Aziz Ikramov yoqut toshli "Vatanga xizmat" ordeni bilan taqdirlandi. 

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Oʻzbekiston Mudofaa vaziri oʻrinbosari general-mayor Aziz Ikramov yoqut koʻzli orden bilan taqdirlandi

"Oʻzbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!", - dedi Kovalyovdan ordenni qabul qilib olgan Ikramov.

Shuningdek, Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari ham ordenlar bilan mukofotlandi.

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofirjon Mirzayev ham yoqut koʻzli "Vatanga xizmat" orden bilan mukofotlandi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Orden s rubinom

Prezident administratsiyasi xodimi Shavkat Ahmedov brilliant toshli "Vatanga xizmat" ordeni bilan taqdirlandi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Sotrudnik administratsii prezidenta RUz Shovkat Axmedov nagrajden ordenom "Za slujbu Rodine" s brilliantami.

Fargʻona viloyati hokimi,  Afgʻoniston urushi faxriysi Shuhrat Gʻaniyev "Vatanga xizmat" ordeni bilan taqdirlandi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Xokim Ferganskoy oblasti Shuxrat Ganiyev nagrajden ordenom "Za slujbu Rodine"

Qimmatbaho toshli ordenlarni oʻz egalariga topshirgan Kovalyov soʻzi yakunida Afgʻonistondan sovet qoʻshinlari chiqarilgani 30 yilligi munosabati bilan Moskvada oʻtkaziladigan tantanali tadbirga Oʻzbekistonliklarni taklif etdi.

"Oʻzbekiston juda goʻzal, lekin biz ham Rossiyada bor yaxshiliklarni siz bilan baham koʻrishni istaymiz", - deya oʻz nutqini yakunladi Kovalyov.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular