GM Uzbekistan nomi o‘zgaradi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan avtomobil zavodi nomi o‘zgaradi.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik.  GM Uzbekistan avtomobil zavodi nomi o‘zgaradi. Bu haqda "O‘zavtosanoat" AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov 5-fevral kuni “O‘zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

O‘zbekistonga o‘z “xalq avtomobili” kerak

"Tez orada GM Uzbekistan nomi o‘zgaradi. Hozirda bu bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Hamma masala hal bo‘lgach, bu haqida xabar beramiz", deya Shukurovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Xalq so‘zi" muxbiri.

GM Uzbekistan kafolat muddatini 3-yilgacha uzaytirdi

Eslatib o‘tamiz, korxona eksport qilingan mahsulotlarini Ravon brendi ostida sotib keladi.

Yangiliklar lentasi
0