03:45 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Mehnat vazirligi Rossiyada halok boʻlgan 2 fuqaroning jasadini qaytarishga yordam beradi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Yangiliklar
Havola olish
30200

Jasadlarni yurtga transpartirovka qilish boʻyicha dastlabki barcha chora-tadbirlar oʻtkazildi, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari olib ketishga ruxsat berilishini kutmoqda, deyiladi xabarda

TOSHKENT, 9 fev - Sputnik. Oʻzbekiston mehnat vazirligi Rossiyaga ishlashga ketib, baxtsiz hodisa tufayli halok boʻlgan ikki fuqaroning jasadlarini vatanga qaytarishga yordam beradi. Bu haqda vazirlik matbuot-xizmati maʼlum qildi.

Joriy yilning 6 fevral kuni Kolomyaj prospekti, 10-uy manzili boʻyicha joylashgan "Shimoliy zavod"dagi tsexda pardozlash ishlarini olib borish jarayonida balandlikdan tushib ketish oqibatida Sank-Peterburg shahrida 1990 yilda tugʻilgan Alisher Usarov halok boʻlgan.

Halokat dalillari boʻyicha ayni paytda tergov-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi.

Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning murdasi Sank-Peterburg, Yekaterinsk prospekti, 10-uy manzili boʻyicha sud-tibbiy ekspertizasi Byurosi morgida saqlanmoqda.

Shuningdek, 6 fevral kuni 1998 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Tolibjon Esonov Leningrad viloyati Murino shahrida "Kraski leta" turar joy kompleksida qurilayotgan uyning 14-qavatidan yiqilib, halok boʻlgan.

Jinoiy ish hali qoʻzgʻatilmagan. Ayni paytda fojiali holat yuzasidan tekshiruv ishlari oʻtkazilmoqda.  Halok boʻlgan fuqaroning jasadi Leningrad viloyati Toksovo shahar morgida saqlanmoqda. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Jasadlarni yurtga transpartirovka qilish boʻyicha dastlabki barcha chora-tadbirlar oʻtkazildi, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari olib ketishga ruxsat berilishini kutmoqda, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular