10:45 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Sxod lavinы na Pike Lenina

FVV qor koʻchkisi xavfidan ogohlantirdi

© Youtube / Magnus Lindkvist
Yangiliklar
Havola olish
58 0 0

Mamlakat qutqaruvchilari fuqarolarni togʻli hududlardagi qor koʻchkisi xavfi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Chimyon” hududida qor koʻchkisi xavfi haqida ogohlantirdi.

Vazirlikning rasmiy saytida qayd etilishicha, "Chimyon" hududida 2019 yilning 11 fevral soat 08:00 dan 12 fevral soat 08:00 gacha qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilindi.

“Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini koʻrishingizni va "Diqqat! Qor koʻchishi xavfi mavjud" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning oxirida Toshkent viloyatida uch nafar snoubord sport turi bilan shugʻullananuvchi kishi taqiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor koʻchkisi yuzaga kelgan, oqibatda ular qor uyumlari ostida qolib vafot etganlar.

Asosiy mavzular