03:14 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon v soprovojdenii Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva posetil zavod Artel v Tashkente

Tojikistonda oʻzbek zavodi ochiladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Yangiliklar
Havola olish
621 0 0

Tojikiston bozoriga “Artel” mahsulotlari bir necha yil oldin kirib kelgan. Ushbu davr mobaynida kompaniyaning maishiy texnikasi ishonch bilan mahalliy bozorni zabt etib, xalq orasida katta shuhratga erishgan.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Tojikistonda Oʻzbekistonning “Artel” kompaniyasining suvutgich ishlab chiqaruvchi zavodi ochiladi, deya xabar qildi Sputnik Tojikiston mamlakat Investitsiyalar va davlat mulki boshqarmasi boʻyicha davlat qoʻmitasi rahbari Farrux Hamralizoda soʻzlariga asoslanib.

Shuningdek, u Oʻzbekiston bilan hamkorlik va sherikchilik yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidladi. Oʻtgan yil oʻzbekistonlik investorlar mamlakat iqtisodiga 5,3 million dollar investitsiya kiritishganini maʼlum qildi.

Oʻzbek investitsiyalari qishloq xoʻjaligi, parrandachilik va bogʻdorchilikka yoʻnaltirilgan.

“Hozirda Dushanbeda sovutgich ishlab chiqarish boʻyicha “Artel”  zavodini ochish masalasi hal qilinmoqda”, - dedi Hamralizoda.

U Tojikiston bozoriga “Artel” mahsulotlari bir necha yil oldin kirib kelganini eslatib oʻtdi. Ushbu davr mobaynida kompaniyaning maishiy texnikasi ishonch bilan mahalliy bozorga kirib, xalq orasida katta shuhratga erishgan.

Avvalroq Tojikistonda oʻz ishlarida Oʻzbekiston gazlamalaridan foydalanuvchi yangi tikuv tsexlari ochilishi maʼlum qilingan edi.

Asosiy mavzular