O‘zbekiston Bosh suitsidologi lavozimi joriy etildi - u nima uchun kerak?

CC0 / pixabay / Vrach skoroy pomoshi
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yordamga muhtoj bo‘lgan aholining barcha yoshdagi guruhlarini psixiatriya yordami bilan qamrab olinadi, ruhiy holati buzilgan shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshiriladi

TOShKENT, 14 fev - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga "O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri" va "O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi" lavozimlarini kiritish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi "O‘zA".

Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatidagi Bulung‘ur arig‘idan ayol kishining jasadi topildi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2019-2025 yillarda O‘zbekiston aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

ruhiy holati buzilgan shaxslar manfaatlari yo‘lida ma’muriyatchilik sifatini oshirish, psixiatriya xizmati bilandavlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorliktizimini shakllantirish;

aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini innovatsion rivojlantirish, ruhiy xastaliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va tatbiq etish;\aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasida xususiy tibbiyot amaliyoti rivojlanishini rag‘batlantirish;

ruhiy holat buzilishi alomatlariga ega bo‘lgan insonlarga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishi va ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ruhiyati buzilgan shaxslar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishi uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash;

ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalarida aholining xabardorlik darajasini oshirish, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan noto‘g‘ri tasavvurlarga barham berish;

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi

yordamga muhtoj bo‘lgan aholining barcha yoshdagi guruhlarini psixiatriya yordami bilan qamrab olish, ruhiy holati buzilgan shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;

aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini bilan integratsiya qilish;

aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi kadrlar salohiyatini mustahkamlash;

psixiatriya yordamini ko‘rsatishda, ayniqsa, respublika hududlarida idoralararo multidissiplinar brigada ishi modelini joriy etish;

psixiatriya yordamini ko‘rsatuvchi amaldagi muassasalar negizida faol terapiyaga va keng ko‘lamli davolash-reabilitatsiya kompleks tadbirlari o‘tkazishga, kundalik vrachlar kuzatuvida bo‘lishga muhtoj bo‘lgan, biroq kunu tun psixiatriya statsionariga joylashtirilishi shart bo‘lmagan ruhiy holati buzilishi zo‘rayadigan yoki kompensatsiyasi buziladigan shaxslar uchun kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish;

psixiatriya yordamini ko‘rsatuvchi muassasalar moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish va zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash).

Yangiliklar lentasi
0