09:46 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
1018 0 0

Qayd etilishicha, bir qarashda, dumini xisobga olmaganda,qoldiqlar kenguruni,tuyaqushni eslatadi. Oyoqlari gavdasiga nisbatan baquvvat, uzun koʻrinishga ega.

TOSHKENT, 14 fev - Sputnik. Fargʻona viloyatining Rishton tumanida dinozavr qoldiqlari topildi, deb xabar qilmoqda “Xalq soʻzi” nashri.

Xabarda yozilishicha, Rishton tumani Yangiyoʻl qishlogʻi, Yangiturmush koʻchasi 2-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Toʻxtasin oʻz uyini qayta taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish jarayonida uyning eski pol ostidan noanʼanaviy koʻrinishdagi hayvon qoldiqlariga duch keladi. Topilmaning suyak tuzilishini ayni zamonimizda yashayotgan va boqilayotgan yoki ilmiy kitoblarda fotosuratlari aks etgan biror bir mavjudotga qiyoslay olmagach uni telefoniga suratga tushiradi.

Uy egasi ajabtovur hayvon qoldiqlarini birorta jonzodga taxmin qila olmasdan, qoʻshnilarini chaqiradi. Hamma har hil fikrlar, mulohazalar bildiryapti.

“Taxminimizcha, dinozavr suyaklarini eslatyapti bu qoldiqlar. Yana bilmadim...”, - deydi Toʻxtasin.

Ostanki dinozavra nashli v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Fargʻona viloyatining Rishton tumanida dinozavr qoldiqlari topildi.

Qayd etilishicha, bir qarashda, dumini xisobga olmaganda,qoldiqlar kenguruni,tuyaqushni eslatadi. Oyoqlari gavdasiga nisbatan baquvvat, uzun koʻrinishga ega. Umurtqa pogʻonasi va qovurgʻa qismi qoʻysimon hayvonlarga aloqador. Boʻyin qismi esa parrandani eslatadi.

Xabarda bu noyob topilmaga mutaxassislarning koʻmagi zarurligi qayd etiladi.

Asosiy mavzular