07:33 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Uzbekistantsы v Kыrgыzstane: video pribыtiya poyezda Tashkent — Bishkek

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” xalqaro yoʻnalishlar uchun 55 foizgacha chegirmalar joriy etdi

© Sputnik . Emil Sadыrov
Yangiliklar
Havola olish
122 0 0

Chegirmalar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Qazakstan temir joʻli milliy kompaniyasi” AJ, “Rossiya temir yoʻllari” OAJ temir yoʻli maʼmuriyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. Uzoq masofalarda harakatlanuvchi poyezdlarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida chegirma va imtiyozlar joriy etildi, deb xabar qildi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, yoʻlovchilar Rossiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston hududlaridan oʻtadigan xalqaro yoʻnalishdagi poyezdlarda mazkur chegirmalardan foydalanishi mumkin. 

 Muddatidan oldin chiptani xarid qilish vaqti boʻyicha quyidagilar belgilanadi:

- chipta poyezdning joʻnash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 55 foiz;

-  chipta poyezdning joʻnash kunidan 40—31 kun oraligʻida xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 45 foiz;

-  chipta poyezdning joʻnash kunidan 30—6 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 35 foiz

- chipta poyezdning joʻnash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, platskart  vagonlar uchun 45 foiz;

- chipta poyezdning joʻnash kunidan 40—31 kun oraligʻida xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 35 foiz;

- chipta poyezdning joʻnash kunidan 30—6 kun oraligʻida xarid qilinsa, platskart vagonlar uchun 25 foiz.

Poyezd joʻnashiga qancha kam vaqt qolishiga qarab chegirmalar ham kamayib boradi. Besh kun qolganda esa chiptalar belgilangan narxda sotiladi. Belgilangan chegirmalar mahalliy yoʻnalishlarda joriy etilmaydi.

Yuqoridagi imtiyozlar, chegirmalar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Qazakstan temir joʻli milliy kompaniyasi” AJ, “Rossiya temir yoʻllari” OAJ temir yoʻli maʼmuriyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Hozirda yoʻlovchi poyezdlari Toshkent—Moskva, Andijon—Moskva, Toshkent—Qozon, Toshkent—Urganch—Volgagrad, Toshkent—Urganch—Moskva, Toshkent—Urganch—Saratov, Toshkent—Novosibirsk, Toshkent—Ufa, Toshkent—Chelyabinsk, Toshkent—Olmaota, Nukus—Beyneu hamda Nukus—Olmaota yoʻnalishlarida qatnamoqda. Shuningdek, Toshkent—Bishkek—Baliqchi, Samarqand—Ostona mavsumiy yoʻnalishlari ham mavjud. Bundan tashqari aktsiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro kelishuv asosida Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi Kulob—Moskva, Dushanbe—Moskva va Xoʻjand—Moskva yoʻnalishlarida qatnayotgan yoʻlovchi poyezdlariga ham xizmat koʻrsatiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” 2019 yilning 1 martidan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poyezdlaridan tashqari barcha mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poyezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshishini maʼlum qilgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular