GM Uzbekistan xaridorlarga ogohlantirish bilan chiqdi

© Press-slujba GM UzbekistanAvtosalon GM Uzbekistan
Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun o‘nlab insonlar firibgarlarning qurboniga aylanishga ulgurgan.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. GM Uzbekistan shu kunlarda aholiga juda ham arzonlashtirilgan narxlarda yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan “tadbirkorlar”ning firibgarlik faoliyati yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan nomi o‘zgaradi

Xabarda qayd etilishicha, ayrim firmalar firibgarlik bilan juda arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga yangi avtomobil taklif qilib, natijada na avtomobil va na pulni qaytarib bermagan. Bugun o‘nlab insonlar ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanishga ulgurgan.

“GM Uzbekistan” AJ yangi avtomobillar savdosi bilan faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlari shug‘ullanishini ma’lum qilgan holda ogoh bo‘lishni, firibgarlarning qurboniga aylanmaslikni so‘ragan.

Kompaniya rasmiy dilerlarining to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0