18:14 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
281 0 0

Oʻzini Qozogʻiston fuqarosi “Jaden Guldana” deb tanishtirgan shaxs fuqaroga 2 dona “iPhone XS” mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qoʻshib berishini aytib ishontirgan.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Oʻzbekiston IIV fuqarolarni chet el mamlakatlarida boʻla turib, internet tarmogʻi orqali savdo-sotiqni amalga oshirishni taklif etayotgan notanish insonlardan hushyor boʻlishga va aldanib qolmaslikka chaqirdi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining maʼlum qilishicha, 2019 yil 17 fevral kuni Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, unda internet tarmogʻidagi “Apple New” reklama sayti orqali oʻzini Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi “Jaden Guldana” deb tanishtirgan shaxs “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻi orqali u bilan gaplashib, u 2 dona “iPhone XS” mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qoʻshib berishini aytib ishontirganligini, soʻng 2018 yil 26 dekabr kuni X.T. Qoʻqon shahridagi bankning halqaro elektron pul oʻtkazmasi orqali J.Guldanaga 1200 dollarni oʻtkazganligini, lekin shu kunga qadar mobil telefonini ham pullarini ham qaytarib ololmayotganligini maʼlum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan nomaʼlum shaxsni aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan.

Asosiy mavzular