16:04 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Avtomobili svadebnogo korteja, voditeli kotorыx narushili PDD

Samarqandda dabdabali toʻy korteji haydovchilari jarimaga tortildi

© GUVD g. Tashkenta
Yangiliklar
Havola olish
90310

Samarqand viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborotiga koʻra, 2018 yilda jami 184 ta toʻy kortejlari bilan bogʻliq qoidabuzarliklar aniqlangan va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan.

TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. Samarqandda toʻy korteji haydovchilari eng kam ish haqining uch baravari miqdorida maʼmuriy javobgarlikka tortildi, deb xabar qildi STV teleradiokompaniyasi.

Joriy yil 21 fevral kuni Samarqand viloyati, Toyloq tumani M-39 avtomobil yoʻlining 1089 kilometrida "Sochak" aholi yashash joyida jami sakkizta "Kaptiva” va bitta "Mersedes Bents” rusumli avtomashinalar guruh-guruh boʻlib harakatlanib, yoʻl harakati qoidasini qoʻpol ravishda buzgan hamda orqa tomondagi transport vositalari haydovchilariga noqulayliklar tugʻdirgan.

Kortej orqasidan kelayotgan haydovchilar ushbu toʻy kortejini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan. 

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu qoidabuzar haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, avtomashinalar jarima maydonchasiga qoʻyilgan.

Qoidabuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy kodeksining 129-moddasiga asosan (eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida), maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, viloyat hududiga 2018 yilda jami 184 ta toʻy kortejlari bilan bogʻliq qoidabuzarliklar aniqlangan va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilgan.

Asosiy mavzular