“Har bir oila - tadbirkor” dasturi bo‘yicha 8 foizli imtiyozli kreditlar beriladi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”da qaror qabul qilindi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”da Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lum qildi.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlar kundalik tushumni o‘zlari bankka topshirishlari mumkin

Qarorga muvofiq “Har bir – oila tadbirkor” dasturi doirasida:

- nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

- imtiyozli kreditlar aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3-6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3-yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

“Har bir – oila tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa shu kabi maqsadli dasturlar asosida aholiga imtiyozli kreditlar endilikda Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari xulosasi asosida ajratiladi.

Belgilanishcha, bunda dastlab shartnoma asosida loyiha egasi (kredit oluvchi)ga mahsulotlar (masalan, qoramol) yetkazib beriladi, loyiha egasi (kredit oluvchi) yetkazib berilgan mahsulotdan qanoatlanish hosil qilgandan so‘ng tegishli mablag‘lar bank tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0