09:07 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Sdacha YEGE po matematike v Gimnazii nomer 4 v Karachayevske

Maktablarda bahorgi taʼtil vaqti eʼlon qilindi

© Sputnik / Denis Abramov
Yangiliklar
Havola olish
106720

Taʼtil kunlari davomida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshiriladi

TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 2019 yil 21 martdan boshlanib 27 mart kuni yakunlanadi, deb xabar qildi Xalq taʼlimi vazirligi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 28 mart kuni IV chorakning birinchi kuni hisoblanadi.

Taʼtil kunlari davomida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshiriladi.

Jumladan, taʼtil kunlarida oʻquvchi-yoshlar uchun sport sektsiyalari va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida toʻgaraklar oʻquvchilar ixtiyorida boʻldi. Shuningdek, joriy yilning 23-26 mart kunlari Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida "Qizlarjon" oʻquvchi-qizlar sammiti tashkil etiladi.

Qolaversa, 5-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida fanlar boʻyicha bilimlar bellashuvining tuman (shahar) bosqichi, 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasidagi fan olimpiadalarining 3-bosqichi oʻtkaziladi hamda "Biz buyuk Vatan farzandlarimiz" shiori ostida taʼlim muassasalarining boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Bolajonlar sport jamoalari", "Yoshlik sport jamoalari" sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichi oʻtkaziladi.

Barcha taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual musobaqa va koʻrgazmalar tashkil etiladi.

Asosiy mavzular